2024- yilning 1- oktabr holatiga viloyatda doimiy aholi soni 3 094,9 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 43,1 ming kishiga yoki 1,4 % ga ko‘paydi. Shundan, 1 548,3 ming kishi shahar joylarida (jami aholi sonining 50,03 %) va 1 546,6 ming kishi qishloq joylarida (49,97 %) tashkil etdi.




