Toshkent viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2024- yilning yanvar-oktabr oylarida statistik hisob-kitoblarga ko‘ra 23305,4 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,2 % ga oshdi. Bu esa umumiy savdo hajmining 84,1 % ulushiga to‘g‘ri keladi.




