06/12/2024

Joriy yilning 6- dekabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda boshqarma rahbariyati hamda tarmoq bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘i Sh.Jamoldinov so‘z ochib, 1992- yil 8- dekabrda XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan Konstitutsiyamiz mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishning huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda. 2023- yil 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi referendumida qabul qilingan o‘zgartirishlar to‘g‘risida aytib o‘tdilar.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 27 bob, 155 moddadan iborat bo‘lib, unda mamlakatimizning huquqiy, demokratik jihatdan rivojlantirishning asosiy prinsiplari belgilangan.
Davlatning bosh qonuni Konstitutsiya hisoblanadi, konstitutsiya so‘zi lug‘aviy jihatdan "Nizom", "Qoidalar to‘plami" degan ma’nolarni anglatadi. Lekin mazmun-mohiyatiga ko‘ra, ushbu hujjat mamlakat, uning fuqarolari hayotida juda muhim va katta ahamiyatga ega ekanligini alohida e’tirof etib o‘tdilar.