2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Toshkent viloyatida transport xizmatlari hajmi 7 762,9 mlrd soʻmni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turi 13,1 % ga oshgan.Transport xizmatlarining umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlari ustunlik qiladi – 91,9 %. Hududlar kesimida mazkur yoʻnalishda nisbatan yuqori koʻrsatilgan xizmatlar ulushi Yangiyo‘l tumanida (8,3 %), Chirchiq shahrida (7,8 %) hamda Angren shahrida (7,4 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.




