Joriy yilning 28- noyabr kuni Statistika agentligi Xizmatlar sohasida statistik kuzatuvlar bo`limi A.Raximov, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari E.Urunov, Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘i M.Tastanbekov hamda Chinoz tumani statistika bo‘limi boshlig‘i A.Axmatovlar tomonidan Chinoz tumanida yakka tartibdagi avtotransport xizmati kuzatuvlari o‘tkazildi.
Kuzatuv jarayonida yuk tashuvchi shaxsiy avtotransport egalarining soni, bir marta yuk tashishdagi o‘rtacha uzoqligi, bir qatnovdan o‘rtacha tushgan tushum, bir kunda qatnovlar soni, bir oyda ish kunlari yuzasidan kuzatuvi o‘tkazildi. Bundan tashqari intervyuyer tomonidan mazkur kuzatuv bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.





