Toshkent viloyatida 2024- yilning yanvar–sentabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 864,3 ming tonna sabzavot yetishtirildi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan bu koʻrsatkich, 5,8 foizga ko’payganligini koʻrish mumkin. Sabzavot yetishtirish koʻrsatkichlari xoʻjaliklar toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, 13,5 foizi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan va 75,3 foizini dehqon xoʻjaliklari tomonidan yetishtirilmoqda.
Sabzavot yetishtirilishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Bekobod tumanida 192 450 tonna va Toshkent tumanida 90 399 tonnaga to‘g‘ri keladi.




