26/11/2024

Toshkent viloyati bo‘yicha 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi umumiy YAHMning 95,9 %ini, mahsulotlarga sof soliqlar esa 4,1 %ini tashkil etdi. Hisobot davrida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi 18,1 %ni, sanoat tarmog‘i 45,3 %ni, qurilish 7,5 %ni va xizmatlar sohasi 29,1 %ni tashkil qildi.