Toshkent viloyati bo‘yicha 2024- yilning yanvar-oktabr oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 36 941,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 14,1 foizga o‘sdi. Shu jumladan, mikrofirma va kichik korxonalar savdo tovar aylanmasi 30 900,1 mlrd so‘mni tashkil etdi va 111,1 foizga teng bo‘ldi Ushbu sektor jami viloyat ulgurji savdo tovar aylanmasida 83,6 foiz ulushni tashkil etdi. Ulgurji savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushga ega hududlar Olmaliq shahri (111,9 %) hamda Ohangaron tumanida (149,0 %) va Chinoz tumanida (184,9 %) kuzatildi.




