2024- yil yanvar-oktabr oylari yakuni bilan Toshkent viloyatida 1 621,1 mln AQSh dollari qiymatdagi tovar va xizmatlar eksport qilindi. 2023- yilning shu davriga nisbatan 5,1 foizga ko‘paydi. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 99,7 foizni tashkil etib, bular asosan sanoat tovarlari (62,3 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (11,5 %), turli xil tayyor buyumlar (11,8 %) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.




