26/11/2024

 2024- yilning yanvar-oktabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 42,0 % ni to‘g‘ri kelib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 0,5 % punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2023- yilning mos davriga nisbatan 107,7 % ni tashkil etgan holda 8142,0 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.

joriy hisobot davrida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan eng yuqori ulush ko‘rsatkichi Chirchiq shahri (986,5 mlrd. so‘m yoki umumiy hajmga nisbatan 12,1 %), Yangiyo‘l tumani (868,3 mlrd. so‘m yoki 10,7 %), Zangiota tumani (696,4 mlrd so‘m yoki 8,6 %) ga to‘g‘ri keldi.