Viloatimizda 2024- yilning 1- oktabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 42 634 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 36 484 tani tashkil etgan.Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
• Zangiota tumani – 4 383 ta
• Qibray tumani – 3 152 ta
• Toshkent tumani – 2 594 ta
• Chirchiq shahri – 2 389 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
• savdo sohasida – 13 763 ta
• sanoat sohasida – 6 526 ta
• qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 3 800 ta
• qurilish sohasida – 2 519 ta
• yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 2 950 ta




