Joriy yilning 1-noyabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida 2024- yil 3-chorak yakunlari boʻyicha boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi oʻtkazildi. Unda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarmaning tarmoq bo‘limlari, hududiy statistika bo‘lim boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali Statistika agentligining Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshlig‘i N. Sheraliyev qatnashdi.


Yig‘ilishni Statistika agentligining Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshlig‘i N. Sheraliyev hamda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Jamoldinov yigʻilishini ochib berib, hududiy statistika bo‘lim xodimlari zimmasiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda 2024- yil 3-chorak yakunlarida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to‘xtalib o‘tdi.


Kengash yig‘ilishida, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta'minlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i xodimlarga hududning ijtimoy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini shakllantirish va tahlil qilish jarayonida e’tibor berilishi lozim boʻlgan jihatlar boʻyicha alohida topshiriqlar berdi. Tuman va shaharlarning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini ifodalovchi jadvallarni oʻz muddatida yangilab borilishi ta’kidlandi.
Kengaytirilgan Hay’at yigʻilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi.





