2024- yil yanvar-sentabr oylarida Toshkent viloyatida jami 50,4 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Ulardan 74,8 % i yangi qurilishlarga yoʻnaltirilgan boʻlsa, kengaytirish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish boʻyicha 14,9 % hamda boshqa xarajatlarga 10,3 % investitsiyalar yoʻnaltirildi.




