28/10/2024

2024- yilning yanvar–sentabr oylarida Quyi Chirchiq tumanida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 1 591,3 mlrd so‘mni yoki 2023- yilning mos davriga nisbatan 100,2 % ni tashkil qildi. Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 2,3 %i fermer xo‘jaliklariga , 64,4 % i dehqon xo‘jaliklariga va 33,3 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.