24/10/2024

Joriy yilning 24-oktabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasining Ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi boshlig‘i J. Abdullayev hamda Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi boshlig‘i V. Xoldarov tomonidan tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasi, demografiya, mehnat va gender statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Shuningdek, vebinarda xodimlarga ushbu mazkur bo‘limlari statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.