2024- yilning yanvar- sentabr oylarida Toshkent viloyatida moliyaviy xizmatlarning hajmi 394,3 mlrd so‘mga oshib, 3 694,3 mlrd so‘mga yetdi. Umumiy bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmatlarning ulushi 9,5 % ni tashkil etdi. Jami moliyaviy xizmatlarning o‘sish sur’ati 105,3 % ni tashkil etdi.
Moliyaviy xizmatlarning tarkibida sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlar 1 173,6 mlrd so‘m yoki 93,1 foizni, sug‘urta bo‘yicha xizmatlar 149,1 mlrd so‘m yoki 4,0 foizni va yordamchi moliyaviy faoliyat 107,1 mlrd. so‘m yoki 2,9 foizni tashkil etdi.




