24/10/2024

2024- yilning 1- oktabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 42 634 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 3 435 tani tashkil qildi (ulushi 8,0 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Zangiota tumani – 314 ta
  • Toshkent tumani – 278 ta
  • Qibray tumani – 265 ta
  • Chirchiq shahri – 274 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 1 611 ta
  • sanoat sohasida – 456 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 341 ta
  • boshqa turlar – 434 ta
  • qurilish– 154 ta
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 184 ta
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 145 ta
  • axborot va aloqa – 54 ta
  • tashish va saqlash – 56 ta