24/10/2024

Joriy yilning 23-oktabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari E. Urunov hamda Narx statistikasi, Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi, Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boʻlim boshliqlari tomonidan hududiy statistika bo‘lim xodimlari uchun vebinar tashkil etildi.

Vebinarda xodimlarga barcha bo‘lim statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Vebinar yakunida hududiy statistika boʻlim xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilishi, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholanishi haqida ogohlantirildi.