23/10/2024

Joriy yilning 23- oktabr kuni Statistika agentligining “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati” bo‘limi boshlig‘i Botir Melikmurotov, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Jamoldinov tomonidan Toshkent viloyati Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlari statistika bo‘limlarida profilaktika ishlari olib borilib, xodimlarning huquqiy madaniyati oshirildi.

 Unda, Statistika agentligining “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati” bo‘limi boshlig‘i Botir Melikmurotov O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 3-yanvardagi “Korrupsiya to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati tushuntirilib, xodimlarning korrupsiya holatlariga nisbatan murosasiz koʻnikmalarini shakllantirish va hozirgi kunda mamlakatimizda korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasida olib borilayotgan amaliy ishlar hamda qabul qilingan meyoriy hujjatlar toʻgʻrisida tushinchalat berib o‘tdi. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi "Rasmiy statistika to‘g‘risida"gi qonuni talablariga rioya qilish bo‘yicha xodimlarga tushunchalar berildi. 

 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2019- yil 5- fevraldagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-5655-son farmonining mohiyati va mazmuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.