Joriy yilning 22-oktabr kuni aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Toshkent viloyati Zangiota tumani “Bo'g'zor” MFYda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Aniqlangan holatlar mahalla raisi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan qisqa muddatda hal etilib, raqamlanmagan turar joylarning to‘liq raqamlanishi va ko‘chalarga nom belgilarini o‘rnatilishi ta’minlandi.





