27/09/2024

2024- yilning 1– iyul holatiga ko‘ra, viloyat boʻyicha otlarning umumiy bosh soni 55 892 taga yetdi.

O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda otlar bosh soni 488 taga yaoki 0,9 % ga ko‘paydi.

Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami otlarning 75,8 % i dehqon xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi..

Hududlar kesimida eng ko‘p otlar Bo‘stonliq tumanida 8 597 bosh va Ohangaron tumanida 5 827 boshga to‘g‘ri keldi.