2024- yil yanvar-iyul oylarda Toshkent viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 5 505,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 21,9 % ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Zangiota (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi (91,6 %), Yuqori Chirchiq (65,1 %), Parkent (74,3%) tumanlarida kuzatildi.