Joriy yilning 19-avgust kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida seminar tashkil etildi, unda barcha tarmoq bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.
Seminarda boshqarma bosh yuristkonsulti K.Urazbayev tomonidan hozirgi kunda mamlakatimizda korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasida olib borilayotgan amaliy ishlar hamda qabul qilingan meyoriy hujjatlar toʻgʻrisida, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazishini, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtirib, oqibatda inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelishi aytib o‘tildi. Bunnan tashqari Korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida boshqarma tomonidan muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.





