Joriy yilning 19-avgust kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari E.Urunov hamda “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” bo‘limi boshlig‘i J.Rafikov tomonidan hududiy statistika boʻlimi xodimlari uchun vebinar tashkil etildi.
Ushbu, vebinarda tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid atamalar, eksport va import mahsulotlarini hisobga olish usullari, shakllantirish tartibi va amalga oshirilayotgan ishlar holati bo‘yicha batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.






