2024- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyati bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 160,4 ming tonna go‘sht yetishtirilgan.
2023- yilning mos davriga nisbatan 4,6 foizga ko‘p yetishtirildi.
Go‘sht yetishtirish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, go‘sht yetishtirish umumiy hajmidan 79,7 foizi dehqon xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelganini qayd etish zarur.
Hududlar kesimida hajmi eng ko‘p go‘sht yetishtirgan O‘rta Chirchiq tumani 15 697 tonna va Bo‘stonliq tumani 13 931 tonnani tashkil qildi.