2024- yil yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatida 8 007,6 mlrd. so‘mlik qurilish pudrat ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 113,1 %ni tashkil etdi. Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 198,2 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan esa 7 809,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi mos ravishda 2,5 % va 97,5 % ni tashkil etdi.




