2024- yil yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga 4 693,3 ming so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,3 %ga ko‘paygan.
Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan viloyatning deyarli barcha hududlarida o‘sish ko‘rsatkichlarini tashkil etib, eng yuqori ko‘rsatkichlar Yangiyoʻl (10 433,4 ming so‘m) va Ohangaron (11 851,6 ming soʻm) shaharlari hamda Zangiota (10 361,9 ming so‘m) va Toshkent (5 742,0 ming so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.




