30/07/2024

2024-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 2020-yilning mos davriga nisbatan 8,3 %ga kamaygan. Ushbu xizmatlar sohasi tahlili shuni ko‘rsatdiki: - mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va ko‘ngilochar parklar yashash bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosiy faoliyati hisoblanib, 2024-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 10,7 % ulushini tashkil etdi; - restoran va buyurtma bo‘yicha oziq–ovqat va ovqat mahsulotlarini yetkazish, oziqovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasining 89,3 % ulushini tashkil etdi.