16/05/2024

2024- yilning yanvar - mart oylarida Toshkent viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 13,1 ming tonna sabzavotlar yetishtirildi.

Sabzavot yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, sabzavot yetishtirish umumiy hajmidan 82,1 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

Sabzavot yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori hajmi Zangiota tumani 2 909 tonnaga va Toshkent tumani 2 834 tonnaga toʻgʻri kelgan.