09/05/2024

2024- yilning yanvar-martida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 5803,5 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 86,5 %ini tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning tegishli davriga nisbatan 110,8 %ni tashkil qildi. Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p chakana savdo tovar aylanmasi hajmi Zangiota tumani (719,3 mlrd. so‘m), Olmaliq shahri (494,7 mlrd. so‘m), Olmaliq shahri (480,1 mlrd. so‘m), Qibray tumani (434,3 mlrd. so‘m), Yangiyo‘l shahri (386,3 mlrd. so‘m), Angren shahri (337,3 mlrd. so‘m) va Bo‘stonliq (301,0 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.