25/04/2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son qarorining 32 - bandida Statistika agentligiga hisobot topshiruvchilar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari xodimlarining statistika yo‘nalishida savodxonligini oshirish vazifalari belgilangan edi.

1-photo_2024-04-24_14-54-58-2_p71511

Shu munosabat bilan Sirdayo viloyati statistika boshqrmasi bilan hamkorlikda Sirdayo viloyatida 2024-yil 24–26-aprel kunlari shartnoma asosida “Statistika” yo‘nalishida qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi.

2-photo_2024-04-24_14-54-57_p33442

3-photo_2024-04-24_14-54-58_p37905

Mazkur oʻquv kursida Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, professor Bahodir Gʻayibnazarov, “Statistika” kafedrasining katta oʻqituvchisi Shavkat Jumaniyazov va Sirdaryo viloyati Statistika boshqarmasining statistika hisobotlarini qabul qiluvchi masʻullari oʻzlarining taqdimotlari va video darslari bilan qatnashdilar.

4-photo_2024-04-24_15-01-46-3_p29589

Shuningdek, tinglovchilarning statistika hisobotlarini tayyorlash va taqdim etish jarayonlarida yuzaga kelayotgan savollariga atroflicha javoblar berildi. Muammoli vaziyatlarga joyida yechimlar koʻrsatildi.

5-photo_2024-04-24_15-01-46_p77167