23/04/2024

2024-yilning 16–19-aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori ko‘magida AQSHning Vashington shahrida joylashgan “Open Data Watch” tashkilotining Open Data Inventory (ODIN) xalqaro ochiq ma’lumotlar va Gender Data Compass (Gender ma’lumotlari kompasi) reytinglarini olib boruvchi vakili Jemison Xenninger bilan bir qator seminarlar tashkil etildi.

1-yljjhjhjhjphoto-1_p23027

Xususan, “InterContinental Tashkent” mehmonxonasida Statistika agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qoʻmitasi hamda YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonda inklyuziv boshqaruv va qarorlar qabul qilish yoʻlida ochiq gender maʼlumotlarini takomillashtirish” boʻyicha xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.

2-klhklfghkfmghphoto-2_p14482

Tadbirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qoʻmitasi, YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Xalqaro tashkilotlar vakillari, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi vakillari hamda soha boʻyicha bir qator tashkilotlar ekspertlari ishtirok etdi.

3-kltrhklkghkkgphoto-3_p68881

Shu bilan birga, Statistika agentligida Open Data Inventory (ODIN) xalqaro ochiq ma’lumotlar va Gender Data Compass reytinglarida mamlakatimiz bo‘yicha aniqlangan bo‘shliqlar va ularni bartaraf etish yo‘llari to‘g‘risida Agentlikning tegishli tarmoq boshqarmalari xodim va mutaxassislari bilan qizg‘in munozaralarga boy tarzda seminar bo‘lib o‘tdi.

4-klgfhmklmklslghthphoto-4_p90299

Tadbir davomida:

- mamlakatimizda ochiq ma’lumotlar sohasini yanada rivojlantirish;

- ochiq ma’lumotlar sifatini baholovchi ODIN hamda boshqa reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash;

- ochiq ma’lumotlar to‘plamlari sonini oshirish;

- mamlakatimizda gender ma’lumotlarning sifatini yangi bosqichga olib chiqish;

- Ochiq ma’lumotlar portalida geofazoviy ma’lumotlarni joylashtirish imkoniyatini yaratish bo‘yicha xalqaro amaliyotni o‘rganish kabi mavzularga to‘xtalib o‘tildi.

5-jghnkgnkhkjkghphoto-5_p33511

Shuningdek, joriy yilning 18-apre kuni Toshkent viloyati Statistika boshqarmasida ham seminar tashkil etildi. Ushbu tadbirda Statistika agentligining mutaxassislari hamda boshqarmaning barcha xodimlari ishtirok etdi.

6-olthelsdklhphoto-6_p73343

Seminar davomida ochiq ma’lumotlar sifatini baholovchi ODIN hamda boshqa reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash, mamlakatimizda gender ma’lumotlarning sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda Ochiq ma’lumotlar portalida geofazoviy ma’lumotlarni joylashtirish imkoniyatini yaratish bo‘yicha xalqaro amaliyotni o‘rganish kabi mavzular keng yoritib berildi.

7-jhejhhnkdkfhkphoto-7_p11948

Open Data Watch tashkilotining vakili tashrifi doirasida tashkil etilgan tadbirlar qizgʻin bahs-munozaralar tarzida oʻtkazilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.