15/04/2024

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 25 885,8 tonna pilla yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 106,5 % ni tashkil etdi.

Pilla yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (12,9 %) hissasiga toʻgʻri keldi.

Shu bilan birga, Andijon (12,9 %), Buxoro (10,5 %) va Qashqadaryo (9,5 %) viloyatlarida ham pilla yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.