09/04/2024

Joriy yilning 9-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari boʻlimi xodimlari uchun turmush darajasi kuzatuvlari statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

1-7b5a6251_p99712

2-7b5a6244_p53333

Shuningdek, vebinarda xodimlarga turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllanishtirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

3-7b5a6247_p57617

4-7b5a6240_p52777

Vebinar yakunida Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari statistikasi boʻlimi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

5-7b5a6255_p19142