09/04/2024

Joriy yilning 8-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Narx statistikasi boʻlimi xodimlari uchun narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

1-7j1a4840_p59545

Shuningdek, vebinarda xodimlarga narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllanishtirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Narx kuzatuvlarini oʻz vaqtida sifatli oʻtkazish tartibi boʻyicha misollar bilan koʻrsatildi.

2-7j1a4847_p27848

Vebinar davomida hududiy statistika boshqarmalarining Narx statistikasi boʻlimi xodimlarini qiziqtirgan savollariga javob berildi.

3-7j1a4851_p91224

4-7j1a4869_p30365

Vebinar yakunida Narx statistikasi boʻlimi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

5-7j1a4861_p76052