04/04/2024

Viloatimizda 2024- yilning 1- mart holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan  korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 43 584 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 37 462 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Zangiota tumani – 4 582 ta
  • Qibray tumani – 3 406 ta
  • Toshkent tumani 2 632 ta
  • Chirchiq shahri 2 471 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 14 037 ta
  • sanoat sohasida – 6 852 ta
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 3 856 ta
  • qurilish sohasida – 2 766 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 2 967 ta