28/03/2024

Joriy yilning 27-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari uchun Statistika faoliyatini tashkil etish, profilaktika ishlari hamda xalqaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

1-7b5a5781_p15664

2-7b5a5788_p76475

Vebinarda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-sonli qarorining mazmun-mohiyati bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi hamda qaror talablaridan kelib chiqqan holda statistika organlarining vazifalari muhokama etildi.

3-7b5a5792_p13637

Shuningdek, vebinarda xodimlarga statistika dasturlarining mazmun-mohiyati, ishlab chiqilishi va monitoringini yuritish tartiblari, statistika sohasida huquqbuzarlikni profilaktika qilish va ma’muriy amaliyot, rasmiy statistikani tarqatish idoraviy siyosati, statistika organlarida statistika byulletenlarini rasmiylashtirish, statistika to‘plamlarini shakllantirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar, “MHT-2008” xalqaro uslubiyoti: o‘zgarishlar, tavsiyalar va ularni joriy etish, YaIM (YaHM) va tarmoqlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat shakllanishining xususiyatlari bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi. Ushbu yo‘nalishlardagi vazifalar hududlar kesimida qayday amalga oshirilishi bo‘yicha koʻrsatmalar berib o‘tildi hamda qatnashchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

4-7b5a5780_p29608

5-7b5a5802_p53266

Vebinar yakunida Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari test sinovlaridan otkazildi va ularning oʻtilgan mavzularni oʻzlashtirish darajasi baholandi.