26/03/2024

Joriy yilning 25-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi  tomonidan Toshkent shahridagi Sankt-Peterburg davlat universiteti filialida davra suhbati tashkil etildi.

1-hjkl1p1p21p_p65742

2-626121212jkljk_p12584

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi markaziy apparati boshqarma boshliqlari, Toshkent shahridagi Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali talabalari hamda onlayn tarzda Sankt-Peterburg davlat universiteti talabalari ishtirok etishdi.

3-jhk5jhk1hjkj1kj1h_p94843

4-5lk1kl55kl_p37218

Davra suhbatida Statistika agentligi Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i Mamadaliyev Odiljon Toirovich agentlik faoliyati, statistik koʻrsatkichlarni shakllantirish metodologiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-sonli qarorning mazmun-mohiyati bo‘yicha taqdimot qildi.

5dfhj-fgjkfjkjhk_p60964

6-sfkdfsdkvkfkvsdv__p70696

Shuningdek, Aholini roʻyxatga olish, Gender statistikasi, Barqaror rivojlanish maqsadlari, statistik maʼlumotlarning ochiqligi hamda nufuzli reyting va indekslarda qayd etilayotgan natijalar borasida batafsil axborot berildi.

7-6d6s6adcas4casc__p61481

8-acfa2c2asdcadcsdg__p73046

Uchrashuv yakunida Statistika agentligi mutaxassislari talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berib o‘tishdi hamda bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazishga kelishib olindi.

9-ghgk11l1_p28017

10-hilhk3l2lk2633_p26831

Faol qatnashgan talabalar uchun turli statistik toʻplamlar va kitoblar sovgʻa qilindi.