25/03/2024

Joriy yilning 20-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Stastistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish boʻlimi xodimlari uchun korxona va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYaDR) bazasini shakllantirish va ularni yuritish masalalariga oid ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

1-7b5a5584_p64981

 Shuningdek, vebinarda xodimlarga stastistik registrlarni yuritishga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

2-7b5a5586_p51377

3-7b5a5588_p86857

Vebinar yakunida Stastistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat koʻrsatish boʻlimi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

4-7b5a5593_p55069