14/03/2024

2024-yilning 1-yanvar holatiga Respublikamiz boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda sigirlar soni 5,0 mln. boshga yetdi va 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,8 % ga koʻpaydi.

Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlillar, sigirlar umumiy sonining 90,0 % i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklari, 8,1 % i – fermer xoʻjaliklari, 1,9 % i  – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.