14/03/2024

Joriy yilning 13-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi xodimlari uchun tadbirkorlik statistikasiga oid ko‘rsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi  bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar mavzusida vebinar tashkil etildi.

1-7b5a4751_p76212

2-7b5a4752_p42977

Shuningdek, vebinarda xodimlarga boְ‘limga tegishli statistik hisobotlarni sifatli tayyorlash, hamda tuman/shahar-viloyat-respublika darajasida tizimli tashkil etish tartibi batafsil tushuntirildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

3-7b5a4755_p49172

4-7b5a4759_p54113

Vebinar yakunida Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi xodimlariga o‘tkazilgan vebinar masalalari bo‘yicha  test savollari berilib, ularning mavzuni o‘zlashtirganlik darajasi baholandi.

5-7b5a4756_p58628