23/02/2024

2023-yil yakunlariga koʻra, tashish va saqlash tarmogʻining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 5,6 % ni tashkil etgan.

Tashish va saqlash tarmogʻining qoʻshilgan qiymati tarkibida eng koʻp ulush avtomobil transportiga toʻgʻri kelib, 52,7 % ni tashkil etgan.

Mazkur tarmoq umumiy qoʻshilgan qiymatida quvur transportining ulushi 15,6 %, temir yoʻl transportining ulushi 9,1 %, yordamchi transport faoliyatining ulushi 14 %, havo transportining ulushi 8 % ni tashkil etgan.