19/02/2024

2023- yilning yanvar–dekabr oylarida Toshkent viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 305,9 ming tonna go‘sht yetishtirildi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,5 %ga ko‘paygan.

Go‘sht yetishtirish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, go‘sht yetishtirish umumiy hajmidan 71,6 %i dehqon xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.