09/02/2024

Joriy yilning 9- fevral kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida "Yangi O’zbekistonning innovatsion rivojlantirishda sifatli ta’lim va raqamli texnologiyalarni roli" mavzusida iqtisodiy o‘qish bo‘lib o‘tdi.

Unda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot kafedrasi mudiri i.f.d, akademik Saidaxror Gulyamov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Nurbek Sheraliyev, boshqarma xodimlari qatnashdi hamda hududiy statistika bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.

Iqtisodiy o‘qish jarayonida Yangi O‘zbekistonning innovatsion rivojlantirishda sifatli ta’lim va raqamli texnologiyalarni roli, qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini joriy etish, qishloqda xususiy mulkchilikni rivojlantirishga qaratilgan tub iqtisodiy islohotlar hamda raqamli iqtisodiyotga o‘tish borasida keng tushuntirishlar berib o‘tdi.