09/02/2024

Joriy yilning 9-fevral kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda Statistika agentligining statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko'rsatish boshqarmasi boshlig'i  Nurbek Sheraliyev, boshqarma rahbariyatlari, barcha tarmoq bo‘limlari xamda masofaviy tarzda hududiy statistika bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.

Unda Statistika agentligining statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko'rsatish boshqarmasi boshlig'i  Nyrbek Sheraliyev hamda boshqarma yuristkonsulti R.Gafforov  tomonidan hozirgi kunda mamlakatimizda korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasida olib borilayotgan amaliy ishlar hamda qabul qilingan meyoriy hujjatlar toʻgʻrisida, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazishini, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtirib, oqibatda inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelishi aytib o‘tildi. Bunnan tashqari Korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida boshqarma tomonidan muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga seminar yakunida yillik statistik hisobotlar qamrovi va sifatini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati gapirib o‘tildi.