08/02/2024

2023- yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 26 242,7 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 87,1 % ini tashkil etib, o‘sish sur’ati 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 103,0 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p chakana savdo tovar aylanmasi hajmi Zangiota tumani (2 952,5 mlrd. so‘m), Toshkent tumani (2 388,9 mlrd. so‘m), Olmaliq shahri (2 184,6 mlrd. so‘m), Yangiyo‘l shahri (1 947,2mlrd. so‘m), Qibray tumani (1 714,7 mlrd. so‘m), Bo‘stonliq tumani (1 646,2 mlrd. so‘m) va Angren (1 443,2 mlrd. so‘m) shaharlari hissasiga to‘g‘ri keldi.