06/02/2024

Toshkent viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar- dekabr oylarida viloyatda moliyaviy xizmatlarning hajmi 4 633,8 mlrd. so‘mga yetdi. Moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmida 14,5 foizni tashkil etdi. Jami moliyaviy xizmatlarning o‘sish sur’ati 120,0 foizni tashkil etdi.

Moliyaviy xizmatlarning  tarkibida sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlar 92,8 foizni,sug‘urta bo‘yicha xizmatlar 3,9 foizni va yordamchi moliyaviy faoliyat 3,3 foizni tashkil etdi.