06/02/2024

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-yanvar holatiga jami 417 080 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 157 344 ta;
  • sanoat sohasida – 68 564 ta;
  • qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 37 178 ta;
  • qurilish sohasida – 34 272 ta;
  • yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 28 183 ta;
  • tashish va saqlash sohasida – 17 716 ta;
  • axborot va aloqa sohasida – 10 147 ta;
  • sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 9 427 ta;
  • boshqa sohalarda – 54 249 ta.