30/01/2024

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent viloyati boʻyicha jami 641,7 ming tonna don va dukkakli don yetishtirilgan.

 Ushbu koʻrsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 6,4 %ga oshgan.

Don va dukkakli don yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori hajmi Bekobod tumani 92 616 tonnaga toʻgʻri kelgan.

 Shu bilan birga, Quyi Chirchiq 90 681, O‘rta Сhirchiq 61 240 va Chinoz 59 379 tumanlarida ham don  yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.