24/01/2024

2023- yil yanvar-dekabr oylari yakuni bilan viloyatda 1 858,2 mln. AQSh dollari qiymatdagi tovar va xizmatlar eksport qilindi.

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 99,7 %ni tashkil etib, bular asosan sanoat tovarlari (62,2 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (12,7%), turli xil tayyor buyumlar (13,1 %), nooziq-ovqat xom-ashyosi (yoqilg‘idan tashqari) (3,2 %), kimyoviy vositalar va shu kabi mahsulotlar (4,1 %), shuningdek, mashina va transport asbob-uskunalari (3,3 %) guruhlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.